Янгиликлар
Dekretdagi xodimga ham bayram puli to‘lanadimi?
Dekretdagi xodimga ham bayram puli to‘lanadimi?
MKning 404-moddasiga asosan ayolga homiladorlik va tug‘ish ta’tillari beriladi va mazkur davrda xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinmaydi. Shu sababli bunday toifadagi ayollarga ham bayram puli to‘lanishi kerak zero, MKning 4-moddasiga asosan mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitish taqiqlanadi. Jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati va mansab mavqei, yashash joyi, dinga bo‘lgan munosabati, e’tiqodi, jamoat birlashmalariga mansubligi, shuningdek xodimlarning ishchanlik sifatlari va mehnati natijalari bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa jihatlariga qarab mehnat va mashg‘ulotlar sohasida biror-bir to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita cheklovlar belgilash, xuddi shuningdek biror-bir to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita imtiyozlar berish kamsitishdir.
Bekobod shaxar Adliya bo‘limi
YuXKM boshlig‘i Nizomiddin Tursunov