Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

O‘rindoshlik asosida ishlayotgan xodimlarga ham bayram puli to‘lanadimi?


O‘rindoshlik asosida ishlayotgan xodimlarga ham bayram puli to‘lanadimi?

Albatta to‘lanadi, agar jamoa shartnomasi yoki boshqa ichki lokal xujjatda cheklov qo‘yilmagan bo‘lsa. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.10.2012 yildagi 297-sonli qarori (https://lex.uz/docs/2070161) bilan tasdiqlangan "O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risida"gi nizomning 15-bandiga asosan Agar jamoaviy shartnomada yoxud ish beruvchi tomonidan kasaba uyushma qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishgan holda qabul qilingan boshqa mahalliy hujjatda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, o‘rindoshlik asosida ishlovchilarga mehnat haqi, mukofot, qo‘shimcha haq, ustama, rag‘batlantirish to‘lovlari shakli va tizimi tashkilotning barcha xodimlari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Bekobod shaxar Adliya bo‘limi

YuXKM boshlig‘i                                                    Nizomiddin Tursunov