Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Murojaatga tushintirish


Yoshim 19 da, otamizning bevaqt vafotidan keyin uning nomida bo‘lgan uydan otam bilan qonuniy nikoxi (ZAGS) va shu uyda propiskasi bo‘lmagan o‘gay onamiz, men va voyaga yetmagan 10 yoshli ukamni propiskamiz bo‘lgani xolda uydan chiqarib yubormoqchi. Shu masalada tushintirish bersangiz?

Sizlarni uydan chiqarib yuborilishingizga qonun yo‘l qo‘ymaydi. O‘zbekiston Respublikasi Uy joy kodeksining 32-moddasiga ko‘ra uy, kvartira mulkdorining oila azolari, shuningdek u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar, agar ularni ko‘chirib kelgan paytda yozma ravishda boshqa hol qayd etilgan bo‘lmasa, uydagi, kvartiradagi xonalardan mulkdor bilan teng foydalanishga xaqlidir. Ular mulkdor bergan turar joyga o‘zlaring voyaga yetmagan farzandlarini ko‘chirib kiritishga xaqlidirlar.

Oilaning boshqa azolarini esa uy, kvartira mulkdorining roziligi bilangina ko‘chirib kiritishlari mumkin.

Bu shaxslar uy, kvartiraning mulkdori bilan oilaviy munosabatlarni tugatgan taqdirda xam, ularda turar joydan foydalanish huquqi saqlanib qoladi. Shaxar Adliya bo‘limiga kelib, marxum otangizni mulki bo‘lgan uy-joyga egalik huquqini olish bo‘yicha bepul maslahat olishingiz mumkin.

Bekobod shaxar Adliya bo‘limi

YuXKM bosh yuriskonsulti                                  Dildara Djuraeva