Янгиликлар
O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodim bilan mehnat shartnomasini ish beruvchi tashabbusi bilan bekor qilsa bo‘ladimi?
O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodim bilan mehnat shartnomasini ish beruvchi tashabbusi bilan bekor qilsa bo‘ladimi?
Mehnat shartnomasini bekor qilishda o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlar uchun qo‘shimcha kafolatlar belgilab qo‘yilgan:
O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlar bilan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilishga, mehnat shartnomasini bekor qilishning umumiy tartibiga rioya etishdan tashqari, mahalliy mehnat organining roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. Shuningdek ota-onalar talabiga binoan bekor qilish xam mehnat qonunchiligida belgilab qo‘yilgan, yani mehnat shartnomasini ota-onadan birining (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxsning) va vakolatli organlarning talabiga ko‘ra bekor qilishga;
Ota-onadan biri (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxs), shuningdek mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi organlar hamda bolalar masalalari bo‘yicha komissiyalar, agar ishni davom ettirish o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning hayotiga va sog‘lig‘iga, xavfsizligiga hamda ma’naviy jihatdan kamol topishiga tahdid solayotgan bo‘lsa yoki ularga boshqacha tarzda ziyon yetkazishi mumkin bo‘lsa, bunday shaxslar bilan mehnat shartnomasini bekor qilishni talab qilishga haqli.
Bekobod shaxar Adliya bo‘limi
YuXKM bosh yuriskonsulti Dildara Djuraeva