Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning majburiy tibbiy ko‘riklari va ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligi qanday bo‘ladi.


Nogironligi bo‘lgan shaxslarning majburiy tibbiy ko‘riklari va ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligi qanday bo‘ladi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar faqat dastlabki majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tganidan keyin ishga qabul qilinadi va keyinchalik har yili majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib turilishi lozim.

Ushbu Kodeksning 360-moddasida nazarda tutilgan nogironligi bo‘lgan shaxslarning majburiy tibbiy ko‘riklari ish beruvchining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga o‘ttiz olti soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi.

I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun kunlik ishning (smenaning) davomiyligi tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining tavsiyalariga muvofiq belgilanadi, lekin olti kunlik ish haftasida — olti soatdan, besh kunlik ish haftasida — yetti soatu o‘ttiz daqiqadan ortib ketmasligi kerak.

Bekobod shaxar Adliya bo‘limi

YuXKM bosh yuriskonsulti                                       Behzod Toshpo‘latov