Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

O‘rindoshlik asosida ishlash tushunchasiga tarif bersangiz?


O‘rindoshlik asosida ishlash tushunchasiga tarif bersangiz?

O‘rindoshlik asosida ishlash xodimning o‘zining asosiy ishidan tashqari alohida mehnat shartnomasi shartlari bo‘yicha asosiy ishidan bo‘sh vaqtida boshqa muntazam haq to‘lanadigan ishni bajarishidir.

O‘rindoshlik asosidagi ish xodim tomonidan o‘zining asosiy ish joyida (ichki o‘rindoshlik) yoki boshqa ish beruvchida (tashqi o‘rindoshlik) bajarilishi mumkin.

O‘rindoshning asosiy ish joyi, ushbu ish to‘liq yoki to‘liqsiz ish vaqti shartlari asosida bajarilishidan qat’i nazar, xodimning mehnat daftarchasi yuritilayotgan ish beruvchidagi ishidir.

Quyidagi hollarda o‘rindoshlik asosida ishlashga yo‘l qo‘yilmaydi:

o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarga;

agar o‘rindoshning asosiy ishi noqulay mehnat sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lsa shunday sharoitlardagi ishlarda ishlashga (bundan sog‘liqni saqlash tizimi tashkilotlari xodimlari mustasno);

qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda.

Agar o‘rindoshlik asosida ishlash xodimning, boshqa shaxslarning sog‘lig‘iga yoki ishlab chiqarish jarayoni xavfsizligiga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lsa, ish beruvchi kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda mehnat shart-sharoitlari hamda tartibining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olib, muayyan kasb, mutaxassislik va lavozimlarga nisbatan o‘rindoshlik asosida ishlashga cheklovlar belgilashi mumkin.

Bekobod shaxar Adliya bo‘limi

YuXKM boshlig‘i                                                         Nizomiddin Tursunov