Янгиликлар
Chet Davlat xududida qonuniy nikohdan o‘tgan tanishimga xujjatlarida Apostil bo‘lishi zarurligini bildirishgan, lekin tushintirish berilmagan. Apostil nima va u qanday ma’noni anglatadi?
Chet Davlat xududida qonuniy nikohdan o‘tgan tanishimga xujjatlarida Apostil bo‘lishi zarurligini bildirishgan, lekin tushintirish berilmagan. Apostil nima va u qanday ma’noni anglatadi?
Apostil – hujjatni imzolagan sifatida ish ko‘rgan shaxsning imzosi haqiqiyligini va hujjatni tasdiqlagan muhr va shtamp bosma izi haqiqiyligini tasdiqlaydigan Konvensiyaga muvofiq rasmiy hujjatga chet elda foydalanish maqsadida qo‘yiladigan maxsus shtamp.
Apostil qo‘yish - hujjatni imzolagan sifatida ish ko‘rgan shaxs imzosining haqiqiyligini va hujjatni tasdiqlagan muhr yoki shtamp bosma izi haqiqiyligini tasdiqlash uchun zarur bo‘lgan rasmiy tartib qoida.
“Yulduzcha” – hujjat varaqlari mahkamlanadigan joyga yopishtiriladigan va apostilni qo‘ygan vakolatli davlat organining gerbli muhri bosiladigan qalin qog‘oz.
Bekobod shaxar Adliya bo‘limi
Bosh yuriskonsulti Dildara Djuraeva