Янгиликлар
Apostil qo‘yish uchun vakolatli mansabdor shaxsga qanday hujjatlar taqdim etiladi?
Apostil qo‘yish uchun vakolatli mansabdor shaxsga qanday hujjatlar taqdim etiladi?
Javob: Apostil qo‘yish uchun rasmiy hujjatga apostil qo‘yish to‘g‘risida ariza, ariza beruvchining shaxsini tasdiqlaydigan hujjatning nusxasi, xorijiy davlat – Konvensiya qatnashchisi hududida foydalaniladigan rasmiy hujjat, apostil qo‘yilganligi uchun yig‘im to‘langanligi to‘g‘risida hujjat taqdim etiladi. Apostil qo‘yish to‘g‘risidagi ariza, shuningdek apostil qo‘yilganligi uchun yig‘im to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjat yagona asl nusxada taqdim etiladi.
Bekobod shaxar Adliya bo‘limi
Bosh yuriskonsulti Dildara Djuraeva