Янгиликлар
Apostil qo‘yish rad etilgan taqdirda qanday harakat amalga oshiriladi?
Apostil qo‘yish rad etilgan taqdirda qanday harakat amalga oshiriladi?
Javob: Aposti qo‘yish rad etilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 17 noyabrdagi 307-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Apostil qo‘yish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada rad etish sabablari va ariza beruvchi ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib, takroran ko‘rib chiqish uchun rasmiy hujjatlarni taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat (30 kalendar kun) ko‘rsatilgan holda ariza beruvchiga yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Ariza takroran ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
Bekobod shaxar Adliya bo‘limi
Bosh yuriskonsulti Dildara Djuraeva