Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Kasbga tayyorlash tizimi to‘g‘risida malumot bersangiz?


Kasbga tayyorlash tizimi to‘g‘risida malumot bersangiz?

“Mehnat munosabatlari va kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda ish beruvchilarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–126-son, 04.08.2025 y.) qabul qilindi (https://t.me/huquqiyaxborot/18403).

Farmonga ko‘ra, quyidagilar mehnat munosabatlari va kasbga o‘qitish tizimini takomillashtirishning asosiy yo‘nalish va maqsadlari etib belgilandi, jumladan:

xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi mehnatga oid munosabatlarning samarali, adolatli va o‘zaro manfaatli tizimini yaratish;

ish beruvchilarning ehtiyojiga muvofiq ularni malakali kadrlar bilan ta’minlash tizimini joriy etish.

2025 yil 1 sentyabrdan ish beruvchilar uchun belgilangan quyidagi talablar bekor qilinadi:

bo‘sh ish o‘rinlariga bandlik organlari tomonidan yuboriladigan shaxslarni ishga qabul qilmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik;

bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligi to‘g‘risidagi hisobotlarni majburiy taqdim etish.

Bekobod shaxar Adliya bo‘limi

YuXKM bosh yuriskonsulti                                         Behzod Toshpo‘latov