Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Savol: Oʻquvchini xorijiy davlatdagi taʼlim muassasasiga oʻtkazish tartibi qanday?


      Savol: Oʻquvchini xorijiy davlatdagi taʼlim muassasasiga oʻtkazish tartibi qanday?

Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 17.06.2015-yildagi “Oʻquvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy oʻrta taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 13-mh-sonli burug‘i bilan tasdiqlangan Nizomda oʻquvchini xorijiy davlatdagi taʼlim muassasasiga oʻtkazish tartibi belgilangan. Unga ko‘ra: Ota-onalar oʻqish, ishlash, uzoq muddatli davolanish yoki boshqa maqsadlarda doimiy yoki vaqtincha yashash uchun xorijiy davlatga ketayotgan boʻlsa, farzandini doimiy yoki vaqtincha yashash uchun ketayotgan davlatdagi taʼlim muassasasiga oʻtkazish huquqiga ega.

Ota-onalar farzandini xorijiy davlatdagi taʼlim muassasasiga oʻtkazish uchun uning sabablarini koʻrsatgan holda maktab direktori nomiga ariza bilan murojaat etadi. Arizaga Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyasining voyaga yetmaganni maktab oʻquvchilari safidan chiqarish uchun roziligi aks etgan qaroridan koʻchirma ilova qilinadi.

Ariza maktab direktori tomonidan bir ish kuni ichida koʻrib chiqilib, oʻquvchini maktab oʻquvchilari safidan chiqarish toʻgʻrisida buyruq qabul qilinadi. Maktab direktori mazkur buyruq bilan ota-onalarni tanishtirganligi toʻgʻrisida imzo qoʻydirib, ularga mazkur Nizomda belgilangan hujjatlarni taqdim etadi va hujjatlarni olganligi toʻgʻrisida tilxat oladi.

 

Qibray tuman adliya bo‘limi

YXKM boshlig‘i                                                                 Avlaqulov Sobir