Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Savol: Oʻquvchini sinfdan sinfga oʻtkazish tartibi qanday?


Savol: Oʻquvchini sinfdan sinfga oʻtkazish tartibi qanday?

Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 17.06.2015-yildagi “Oʻquvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy oʻrta taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 13-mh-sonli burug‘i bilan tasdiqlangan Nizomning 2-bobida o‘quvchini sinfdan sinfga o‘tkazish belgilangan. Unga muvofiq, Oʻquvchining ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar (bundan buyon matnda ota-onalar deb yuritiladi) oʻz xohishiga koʻra oʻquv yili davomida yoki u tugaganidan soʻng farzandini sinfdan sinfga oʻtkazish huquqiga ega.

Ota-onalar farzandini sinfdan sinfga oʻtkazish uchun uning sabablarini koʻrsatgan holda maktab direktori nomiga ariza bilan murojaat qiladi.

Maktab direktori arizani qabul qilib olgan kundan boshlab bir ish kuni ichida koʻrib chiqadi va oʻquvchini sinfdan sinfga oʻtkazish toʻgʻrisida buyruq qabul qiladi.

Sinfdagi oʻquvchilar soni belgilangan meʼyordan ortiq boʻlgan taqdirda, maktab direktori oʻquvchini sinfdan sinfga oʻtkazishni rad qilishi mumkin.

Sinfdan sinfga oʻtkazish rad etilganligi haqida maktab direktori tomonidan uch kun ichida ota-onalarga yozma ravishda maʼlum qilinadi.

Maktab direktorining oʻquvchini sinfdan sinfga oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻi qabul qilingach, uch kun ichida sinf jurnali va oʻquvchilar harakati daftariga tegishli yozuv kiritiladi.

 

Qibray tuman adliya bo‘limi

YXKM boshlig‘i                                                                 Avlaqulov Sobir