Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Savol: Logopediya shoxobchasiga qabul qilinadigan oʻquvchilarni aniqlash va saralab olish uchun tuziladigan ishchi guruh tarkibi qanday tartibda shakllantiriladi?


Savol: Logopediya shoxobchasiga qabul qilinadigan oʻquvchilarni aniqlash va saralab olish uchun tuziladigan ishchi guruh tarkibi qanday tartibda shakllantiriladi?

 

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 26.10.2015-yildagi “Umumiy oʻrta taʼlim muassasasi qoshidagi logopediya shoxobchasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarori bilan tasdiqlangan Nizomga ko‘ra, Logopediya shoxobchasiga qabul qilinadigan oʻquvchilarni aniqlash va saralab olish uchun har yili sentabr oyining 3-sanasiga qadar umumtaʼlim muassasasi direktorining buyrugʻiga muvofiq ishchi guruh tuziladi.

Ishchi guruh kamida 5 nafardan iborat tarkibda quyidagicha tuziladi:

ishchi guruh raisi — umumtaʼlim muassasasining direktori;

ishchi guruh raisi oʻrinbosari — umumtaʼlim muassasasining psixologi (umumtaʼlim muassasasida psixolog boʻlmaganda boshqa shaxsga yuklatiladi);

ishchi guruh aʼzolari — umumtaʼlim muassasasi biriktirilgan logopediya shoxobchasi mudiri, boshlangʻich sinf oʻqituvchilari va umumtaʼlim muassasasiga biriktirilgan tibbiyot xodimi;

ishchi guruh kotibi — boshlangʻich sinf oʻqituvchilaridan biri.

 

Qibray tuman adliya bo‘limi

YXKM boshlig‘i                                                                 Avlaqulov Sobir