Янгиликлар
Savol: Logopediya shoxobchalarini tashkil etish tartibi qanday?
Savol: Logopediya shoxobchalarini tashkil etish tartibi qanday?
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 26.10.2015-yildagi “Umumiy oʻrta taʼlim muassasasi qoshidagi logopediya shoxobchasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarori bilan tasdiqlangan Nizomiga ko‘ra, Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimining Bolalarni ijtimoiy-psixologik qoʻllab-quvvatlash markazi umumtaʼlim muassasalari tomonidan taqdim etilgan oʻquvchilar roʻyxati asosida har yili sentabr oyining 25-sanasiga qadar tegishli tuman (shahar) boʻyicha logopediya shoxobchalarining soni va ularning joylashuv dislokatsiyasini ishlab chiqadi.
Logopediya shoxobchasi tegishli tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi mudirining buyrugʻi bilan tashkil etiladi.
Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi mudirining buyrugʻiga muvofiq, har bir logopediya shoxobchasiga bir yoki bir nechta yaqin masofada joylashgan umumtaʼlim muassasalari biriktiriladi.
Bir nechta umumtaʼlim muassasalari biriktirilgan logopediya shoxobchasi uning uchun joy ajratish imkoniyatiga ega boʻlgan hamda boshqa umumtaʼlim muassasalariga qatnash uchun qulay joylashgan umumtaʼlim muassasasida tashkil etiladi.
Logopediya shoxobchasi tashkil etilgan umumtaʼlim muassasasi rahbariyati tomonidan logopediya shoxobchasi uchun boshlangʻich sinflarga yaqin joyda tegishli sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga javob beradigan, umumiy maydoni 20 kv. metrdan kam boʻlmagan xona ajratiladi.
Qibray tuman adliya bo‘limi
YXKM boshlig‘i Avlaqulov Sobir