Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Savol: Xodimga 126 kunlik homiladorlik va tug‘ish ta’tili berilib, ishga chiqish kuni 21-noyabr etib belgilangan. Ammo xodimaning farzandi 8 oyligida nobud bo'lgan. Lekin, xodim ta’tili tugamasdan ishlash niyatini bildirsa, ishlashiga ruxsat beriladimi?


Savol: Xodimga 126 kunlik homiladorlik va tug‘ish ta’tili berilib, ishga chiqish kuni 21-noyabr etib belgilangan. Ammo xodimaning farzandi 8 oyligida nobud bo'lgan. Lekin, xodim ta’tili tugamasdan ishlash niyatini bildirsa, ishlashiga ruxsat beriladimi?

 

O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2015-yil 20-martdagi 25-son buyrug‘iga ilova “Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaning 28-bandiga ko’ra, homiladorlikning 30-haftasidan ilgari tug‘ish holatlarida mehnatga layoqatsizlik varaqasi tug‘ruq muassasasi tomonidan bola tug‘ilgan kundan boshlab quyidagi muddatlarga beriladi:

bola tirik tug‘ilganda — 126 kalendar kunga;

bola o‘lik tug‘ilgan yoki tug‘ruq muassasasidan chiqqunga qadar nobud bo‘lganda — 70 kalendar kunga.

Homiladorlikning 30-haftasidan keyin murojaat qilinganda tug‘ishga qadar necha kun qolganidan qat’i nazar, mehnatga layoqatsizlik varaqasi murojaat qilgan kundan to‘liq 126 kalendar kuniga beriladi.

Demak, yuqoridagilardan xulosa qilsak, agar xodim homiladorlikning 30-haftasidan keyin o’lik yoki tirik tug’ishidan qat’i nazar, to’liq 126 kunga dekret beriladi, mana shu 126 kunlik davrda xodim ishga chiqa olmaydi, 126 kun o'tgach ishni boshlashi mumkin.

 

 

Qibray tuman adliya bo‘limi

YXKM boshlig‘i                                                                 Avlaqulov Sobir