Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Savol: Kimlarning farzandlari davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti (bog‘cha) badal to‘lovidan ozod qilinadi?


Savol: Kimlarning farzandlari davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti (bog‘cha) badal to‘lovidan ozod qilinadi?

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 04.08.2020-yildagi “Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartib-taomillarini avtomatlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4797-sonli Qaroriga 3-ilovasida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida kam taʼminlangan oila yoki “Kambagʻal oilalar reyestri” axborot modulida kambagʻal oila sifatida roʻyxatga olingan oilalarga bepul yoki imtiyozli shartlarda koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordamlar Ro‘yxati” mavjud.

Ushbu ro‘yxatga muvofiq, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ota-onalar badal to‘lovidan ozod etish quyidagi oilalarga nisbatan qo‘llaniladi:

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida kam ta’minlangan oila sifatida ro‘yxatga olingan oilalar;

“Kambag‘al oilalar reyestri” axborot modulida kambag‘al oila sifatida ro‘yxatga olingan oilalar.

Demak, ushbu toifadagi oilalarning farzandlari davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti (bog‘cha) badal to‘lovidan ozod qilinadi.

 

 

Qibray tuman adliya bo‘limi

YXKM boshlig‘i                                                                 Avlaqulov Sobir