Янгиликлар
Savol: Mediatsiya nima va mediatsiya ishtirokchilari sifatida kimlar ishtirok eta oladi?
Savol: Mediatsiya nima va mediatsiya ishtirokchilari sifatida kimlar ishtirok eta oladi?
Oʻzbekiston Respublikasining 03.07.2018-yildagi “Mediatsiya toʻgʻrisida”gi Qonunning 4-moddasiga ko‘ra, mediatsiya — kelib chiqqan nizoni taraflar oʻzaro maqbul qarorga erishishi uchun ularning ixtiyoriy roziligi asosida mediator koʻmagida hal qilish usuli hisobalandi.
Shuningdek, ushbu qonunning 10-moddasiga ko‘ra, taraflar va mediator mediatsiya ishtirokchilaridir. Jismoniy shaxslar ham, yuridik shaxslar ham mediatsiya taraflari boʻlishi mumkin.
Mediatsiya ikki va undan ortiq taraflar oʻrtasida boʻlishi, shuningdek bir yoki bir nechta mediator tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Taraflar mediatsiyada shaxsan yoki oʻz vakili orqali qonunchilikka muvofiq ishtirok etadi.
Qibray tuman adliya bo‘limi
YXKM boshlig‘i Avlaqulov Sobir