Янгиликлар
Savol: Ish beruvchi va xodim oʻrtasida tuzilgan qogʻoz shaklidagi mehnat shartnomasi qancha muddatda “YAMMT” IDAKdan ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim?
Savol: Ish beruvchi va xodim oʻrtasida tuzilgan qogʻoz shaklidagi mehnat shartnomasi qancha muddatda “YAMMT” IDAKdan ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim?
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.12.2019-yildagi “ “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi joriy qilinishini va uning ishlashini taʼminlashga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 971-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 25-bandiga ko‘ra: Ish beruvchi va xodim oʻrtasida tuzilgan qogʻoz shaklidagi mehnat shartnomasi ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha “YAMMT” IDAKka mehnat shartnomasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shartnoma tuzilgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida kiritish orqali roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ish beruvchi qogʻoz shaklida tuzilgan mehnat shartnomasi toʻgʻrisida kiritilgan maʼlumotlarni ERI yordamida tasdiqlaydi. Mehnat shartnomasi toʻgʻrisida kiritilgan maʼlumotlar ish beruvchining ERIsi bilan tasdiqlanmagan taqdirda, mehnat shartnomasi roʻyxatdan oʻtkazilmagan deb hisoblanadi.
Mehnat shartnomasini roʻyxatdan oʻtkazish paytida notoʻgʻri maʼlumotlar kiritilgan taqdirda ish beruvchi besh ish kuni mobaynida mehnat shartnomasining notoʻgʻri kiritilgan maʼlumotlarini tahrir qilishi mumkin. Koʻrsatib oʻtilgan muddat oʻtib ketgan taqdirda ish beruvchi oʻrnatilgan “YAMMT” IDAK aloqa kanallari orqali ERI identifikatsiyasi bilan operatorga murojaat qiladi. Barcha murojaatlar operator tomonidan besh ish kuni davomida ketma-ketlik tartibida koʻrib chiqiladi.
Qibray tuman adliya bo‘limi
YXKM boshlig‘i Avlaqulov Sobir