Янгиликлар
Savol: Mehnat shartnomasining bekor qilinishi qancha muddatda “YAMMT” IDAKdan roʻyxatdan oʻtkazish lozim?
Savol: Mehnat shartnomasining bekor qilinishi qancha muddatda “YAMMT” IDAKdan roʻyxatdan oʻtkazish lozim?
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.12.2019-yildagi “ “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi joriy qilinishini va uning ishlashini taʼminlashga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 971-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 36-bandiga ko‘ra: Mehnat shartnomasining bekor qilinishi “YAMMT” IDAKka ish beruvchi va xodim oʻrtasidagi mehnat shartnomasining bekor qilinishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni uch ish kuni mobaynida kiritish orqali roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Mehnat shartnomasi texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi oʻzgarishlar, xodimlar soni (shtati) qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilgani munosabati bilan bekor qilinganda, ushbu holat ish beruvchi tomonidan “YAMMT” IDAKda alohida qayd etiladi. Lekin elektron mehnat daftarchasida ushbu holat mehnat shartnomasining bekor qilinishi sababi sifatida koʻrsatilmaydi.
Qibray tuman adliya bo‘limi
YXKM boshlig‘i Avlaqulov Sobir