Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Savol: Yangi tug‘ilgan bolani asrab olgan shaxsga homiladolrik va tug‘ish ta’tili beriladimi?


Savol: Yangi tug‘ilgan bolani asrab olgan shaxsga homiladolrik va tug‘ish ta’tili beriladimi?

 

Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2015-yil 20-martdagi “Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi 25-sonli buyrugʻiga 1-ilova “Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi Yo‘riqnoma”ning 29-bandiga ko‘ra: Tugʻish vaqtida yoki tugʻishdan keyingi davrda ona vafot etgan kundan boshlab, tugʻilgan bolani (bolalarni) parvarish qiluvchi shaxsga, bola tugʻilgan kunidan eʼtiboran ellik olti kalendar kuni, ikki yoki undan ortiq bola tugʻilganda yetmish kalendar kunigacha hududiy ambulator poliklinikasi tomonidan mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.

Bevosita tugʻruq muassasasi yoki boshqa muassasadan yangi tugʻilgan bolani farzandlikka olgan yoki bolaga vasiy qilib belgilangan shaxsga bola farzandlikka olingan (vasiylik belgilangan) kundan boshlab bola tugʻilgan kundan eʼtiboran ellik olti kalendar kungacha, ikki yoki undan ortiq bola asrab olingan taqdirda esa, yetmish kalendar kungacha hududiy ambulator poliklinika tomonidan mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.

Bola ikki va uch yoshga toʻlgunga qadar parvarishlash uchun beriladigan taʼtil yoki ish haqi saqlanmagan holda qoʻshimcha taʼtilda boʻlgan ayollarning takroriy homiladorligi uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi umumiy asosda beriladi.

 

 

 

Qibray tuman adliya bo‘limi

YXKM boshlig‘i                                                                 Avlaqulov Sobir