Янгиликлар
Savol: Ayollarga homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa qancha miqdorda to‘lanadi?
Savol: Ayollarga homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa qancha miqdorda to‘lanadi?
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.05.2024-yildagi “Ayrim turdagi nafaqalarni tayinlash va toʻlashni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 314-sonli Qaror bilan tasdiqlangan “Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqalarni hamda yangi tugʻilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga nafaqani tayinlash hamda toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 35-bandiga ko‘ra, homiladorlik va tugʻish boʻyicha hamda yangi tugʻilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga beriladigan nafaqalar xodim:
ishga qabul qilingan kundan 12 oygacha ish stajiga ega boʻlganda — oʻrtacha oylik ish haqining 75 foizi;
ishga qabul qilingan kundan 12 oy ortiq ish stajiga ega boʻlganda — oʻrtacha oylik ish haqining 100 foizi miqdorida toʻlanadi.
Qibray tuman adliya bo‘limi
YXKM boshlig‘i Avlaqulov Sobir