Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Savol: Kimlarga vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi oʻrtacha ish haqining 100 foizi miqdorida toʻlanadi?


Savol: Kimlarga vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi oʻrtacha ish haqining 100 foizi miqdorida toʻlanadi?

 

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.05.2024-yildagi “Ayrim turdagi nafaqalarni tayinlash va toʻlashni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 314-sonli Qaror bilan tasdiqlangan “Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqalarni hamda yangi tugʻilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga nafaqani tayinlash hamda toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 22-bandiga ko‘ra, baynalminal jangchilarga;

qaramogʻida 16 yoshga (oʻquvchilar 18 yoshga) yetmagan uch yoki undan ortiq bolalari boʻlgan xodimlarga;

Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda qatnashgan xodimlarga;

Chernobil AESdagi avariya natijasida radioaktiv ifloslanish zonasidan evakuatsiya qilingan va koʻchirilgan, qon hosil qiluvchi organlar kasalliklari (oʻtkir leykoz), qalqonsimon bez (adenoma, rak) va xavfli oʻsmalar bilan bogʻliq kasalliklarga chalingan xodimlarga;

mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi natijasida vaqtinchalik mehnatga layoqatsiz boʻlgan xodimlarga;

pandemiya, texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan hollarda, ushbu favqulodda vaziyatlarga sababchi boʻlgan infeksiyasi bilan zararlanishi yoki zararlangan deb gumon qilinishi munosabati bilan karantinga joylashtirilgan va 14 yoshgacha boʻlgan bolasini parvarish qilayotgan ota-onalarga (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar, vasiylar, homiylar).

 

Qibray tuman adliya bo‘limi

YXKM boshlig‘i                                                                 Avlaqulov Sobir