Янгиликлар
Savol: Sud ishlari qaysi tilda yuritiladi?
Savol: Sud ishlari qaysi tilda yuritiladi?
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi 11-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolik sud ishlari oʻzbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi koʻpchilik aholi soʻzlashadigan tilda yuritiladi.
Sud ishlari yuritiladigan tilni bilmaydigan shaxslarga ishga taalluqli materiallar bilan oʻz ona tilida toʻliq tanishib chiqish, sudda ona tilida yoki oʻzi biladigan boshqa tilda soʻzlash, koʻrsatuv va tushuntirishlar berish, arz bilan murojaat etish, iltimosnomalar taqdim etish, shuningdek ushbu Kodeksda belgilangan tartibda tarjimonning xizmatlaridan foydalanish huquqi taʼminlanadi.
Ishda ishtirok etuvchi va sud ishlari yuritiladigan tilni bilmaydigan shaxs ishdagi sud hujjatlari berilishini soʻrab yozma ariza bilan murojaat etgan taqdirda, unga sud hujjatlari uning ona tiliga yoki u biladigan boshqa tilga tarjima qilib topshiriladi.
Qibray tuman adliya bo‘limi
YXKM boshlig‘i Avlaqulov Sobir