Янгиликлар
Savol: Protsessual huquqiy vorislik nima?
Savol: Protsessual huquqiy vorislik nima?
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi 47-moddasiga muvofiq, nizoli yoki sudning hal qiluv qarori bilan aniqlangan huquqiy munosabatda taraflarning biri, uchinchi shaxs yoki ularning qonuniy vakili chiqib ketgan taqdirda (fuqaroning oʻlimi, yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi, boshqa shaxs foydasiga talabdan voz kechish, qarzning boshqa shaxsga oʻtkazilishi va h.k.) sud bu shaxslarni ularning huquqiy vorislari bilan almashtirishga yoʻl qoʻyadi.
Huquqiy vorislik fuqarolik sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida amalga oshirilishi mumkin. Huquqiy vorisning sud protsessiga kirishganligi haqida ajrim chiqariladi.
Taraf huquqiy voris bilan almashtirilgandan soʻng sud protsessi almashtirish amalga oshirilgan bosqichdan davom ettiriladi.
Huquqiy voris sud protsessiga kirishguniga qadar amalga oshirilgan barcha harakatlar huquqiy vorisga oʻrnini boʻshatib bergan shaxsga qay darajada majburiy boʻlgan boʻlsa, huquqiy vorisga ham shu darajada majburiydir. Huquqiy voris ishga doir barcha materiallar bilan tanishishga haqli.
Qibray tuman adliya bo‘limi
YXKM boshlig‘i Avlaqulov Sobir