Янгиликлар
Savol: Qaysi belgilar tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilmaydi?
Savol: Qaysi belgilar tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilmaydi?
Oʻzbekiston Respublikasining 30.08.2001-yildagi “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 3-moddasiga ko‘ra, quyidagi belgilar tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilmaydi:
tovar kelib chiqqan joy xususida isteʼmolchini chalgʻitib qoʻyadigan joʻgʻrofiy nom boʻlgan belgilar;
tovar kelib chiqqan haqiqiy joyni rasman koʻrsatuvchi, lekin tovar boshqa hududda chiqarilayotganligi haqida yanglish tasavvur beruvchi belgilar;
tovar tayyorlangan joy nomi bilan bogʻliq boʻlmagan joʻgʻrofiy nomni anglatuvchi va Oʻzbekiston Respublikasida muayyan turdagi tovar belgisi sifatida umum foydalanishda boʻlgan belgilar.
shu turdagi tovarga nisbatan tovar kelib chiqqan joy nomi yoki geografik koʻrsatkich sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan belgilar.
Qibray tuman adliya bo‘limi
YXKM boshlig‘i Avlaqulov Sobir