Янгиликлар
Savol: Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomasi nima?
Savol: Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomasi nima?
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 862-moddasiga muvofiq, kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomasi boʻyicha bir taraf (kompleks litsenziar) ikkinchi tarafga (kompleks litsenziatga) haq evaziga litsenziarning firma nomidan hamda qoʻriqlanadigan tijorat axborotidan, shuningdek shartnomada nazarda tutilgan mutlaq huquqlarga kiruvchi boshqa obyektlardan (tovar belgisi, xizmat koʻrsatish belgisi va ixtirolar hamda boshqalardan) litsenziatning tadbirkorlik faoliyatida foydalanish huquqini oʻz ichiga oladigan mutlaq huquqlar kompleksini (litsenziya kompleksi) berish majburiyatini oladi.
Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi litsenziya kompleksidan, litsenziarning ish sohasidagi obroʻsidan va tijorat sohasidagi tajribasidan muayyan hajmda (xususan, minimal va yoki maksimal hajmda foydalanishni belgilab qoʻygan holda) muayyan faoliyat sohasiga (litsenziardan olingan yoki litsenziat ishlab chiqargan tovarlarni sotish, xizmatlarni koʻrsatish, ishlar bajarish, savdo faoliyatini amalga oshirish va hokazo) qoʻllagan holda, foydalanish hududini koʻrsatib yoki koʻrsatmasdan foydalanishni nazarda tutadi.
Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi boʻyicha faqat tijorat tashkilotlari va tadbirkorlar sifatida roʻyxatga olingan fuqarolargina taraflar boʻlishi mumkin.
Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi muddat koʻrsatilgan, shuningdek koʻrsatilmagan holda (muddatsiz shartnoma) tuzilishi mumkin.
Basharti ushbu bobda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa yoki u shartnomaning mohiyatidan kelib chiqmasa, kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasiga ushbu Kodeksning intellektual mulk haqidagi qoidalari tegishli suratda qoʻllanadi.
Qibray tuman adliya bo‘limi
YXKM boshlig‘i Avlaqulov Sobir