Янгиликлар
Savol: Advokatlar hayʼati nima?
Savol: Advokatlar hayʼati nima?
Oʻzbekiston Respublikasining 27.12.1996-yildagi “Advokatura toʻgʻrisida”gi Qonunning 43-moddasiga ko‘ra, advokatlar hayʼati aʼzolikka asoslangan va advokatlik faoliyatini amalga oshirish uchun advokatlar tomonidan taʼsis etilgan, notijorat tashkiloti boʻlgan advokatlik tuzilmasidir.
Advokatlar hayʼatining taʼsis hujjatlari uning muassislari tomonidan tasdiqlanadigan ustav hamda ular tomonidan tuziladigan taʼsis shartnomasidir.
Taʼsis shartnomasida muassislar advokatlar hayʼatiga oʻz mol-mulkini oʻtkazish shartlarini, ushbu hayʼat faoliyatida ishtirok etish tartibini, advokatlar hayʼatiga yangi aʼzolarni qabul qilish, muassislarning (aʼzolarning) uning tarkibidan chiqish tartibi va shartlarini, shuningdek advokatlar hayʼati muassislarining (aʼzolarining) huquq va majburiyatlarini belgilaydi.
Advokatlar hayʼatlari tarkibidagi aʼzolar soni oʻntadan kam boʻlmasligi kerak.
Advokatlar hayʼatida yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi bitimlar (shartnomalar) advokat va ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) oʻrtasida tuziladi hamda advokatlar hayʼatining hujjatlarida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Advokatlar hayʼati yuridik yordam koʻrsatish uchun oʻzi turgan yerdan tashqarida joylashgan filiallar tuzishga haqli.
Qibray tuman adliya bo‘limi
YXKM boshlig‘i Avlaqulov Sobir