Янгиликлар
Savol: Yuridik maslahatxona nima?
Savol: Yuridik maslahatxona nima?
Oʻzbekiston Respublikasining 27.12.1996-yildagi “Advokatura toʻgʻrisida”gi Qonunning 44-moddasiga ko‘ra, Yuridik maslahatxona — advokatlik faoliyatini amalga oshirish uchun Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan tashkil etiladigan va yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan advokatlik tuzilmasi.
Yuridik maslahatxona tegishli hududda yuridik yordamga boʻlgan ehtiyojlarni qanoatlantirish uchun advokatlik tuzilmalarining soni yetarli boʻlmagan hollarda Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan tashkil etiladi.
Tegishli hududlardagi yuridik yordamga boʻlgan ehtiyoj Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Advokatlar palatasi tomonidan tasdiqlanadigan normativlarga muvofiq aniqlanadi.
Yuridik maslahatxonaning moddiy-texnika taʼminoti tartibi va shartlari, yuridik maslahatxonalarga ishlash uchun yuborilgan advokatlar uchun xizmat xonalari va zarurat boʻlganda, turar joylar ajratish bilan bogʻliq masalalar Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan tuman, shahar hokimligi bilan birgalikda hal qilinadi.
Yuridik maslahatxona Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadigan nizomga asosan ish olib boradi.
Qibray tuman adliya bo‘limi
YXKM boshlig‘i Avlaqulov Sobir