Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Savol: Advokatlik siri nima?


Savol: Advokatlik siri nima?

 

Oʻzbekiston Respublikasining 27.12.1996-yildagi “Advokatura toʻgʻrisida”gi Qonunning 9-moddasiga ko‘ra, Advokat advokatlik sirini saqlashi shart. Advokatlik siri jumlasiga ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) advokatdan yordam soʻrab murojaat etganligining oʻzi, ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) yordam soʻrab murojaat etgan masalalar, advokatdan ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) olgan maslahatlar, nasihatlar va tushuntirishlarning mohiyati, advokatning ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) bilan oʻtkazgan suhbatida toʻxtab oʻtilgan barcha masalalar kiradi.

Advokat, advokat yordamchisi, advokat stajyori, advokatlar byurolari, hayʼatlari va firmalari mansabdor shaxslari va texnik xodimlarining advokatlik siri boʻlmish maʼlumotlarni oshkor etishi va bu maʼlumotlardan oʻz manfaatlari yoki uchinchi shaxslar manfaatlari yoʻlida foydalanishi man etiladi.

 

Qibray tuman adliya bo‘limi

YXKM boshlig‘i                                                                 Avlaqulov Sobir