Янгиликлар
Savol: Oʻzbekiston Respublikasida notarius faoliyati bilan shug‘ullanish tartibi qanday?
Savol: Oʻzbekiston Respublikasida notarius faoliyati bilan shug‘ullanish tartibi qanday?
Oʻzbekiston Respublikasining 26.12.1996-yildagi “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunning 2-moddasiga muvofiq, Yigirma besh yoshdan kichik va oltmish besh yoshdan katta boʻlmagan, oliy yuridik maʼlumotga, yuridik mutaxassislik boʻyicha kamida uch yillik ish stajiga ega boʻlgan, shu jumladan notarial idorada kamida bir yil stajirovka oʻtagan, malaka imtihonini topshirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi notarius boʻlishi mumkin. Sudyalik lavozimida kamida besh yil ishlagan yoki notarius yordamchisi yoxud adliya organlarining notarial faoliyatga rahbarlik qilish va ushbu faoliyatni nazorat qilish bilan bogʻliq lavozimlarida kamida uch yil ishlagan shaxslar uchun stajirovkadan oʻtish talab qilinmaydi. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, adliya organlarining ishi notariat faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan boshqaruv xodimi yoki advokat sifatida kamida uch yil ishlagan shaxslar, agar ularning vakolatlari tugatilgan paytdan eʼtiboran besh yil oʻtmagan boʻlsa, olti oy muddat stajirovka oʻtaydi.
Qibray tuman adliya bo‘limi
YXKM boshlig‘i Avlaqulov Sobir