Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Savol: Kimlar notarius boʻlishi mumkin emas?


Savol: Kimlar notarius boʻlishi mumkin emas?

 

Oʻzbekiston Respublikasining 26.12.1996-yildagi “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunning 2-moddasiga muvofiq, quyidagilar notarius boʻlishi mumkin emas:

muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxs;

qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs;

notarius, advokat, tergovchi, surishtiruvchi, prokuror, sudya yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning boshqa xodimi sifatidagi vakolatlari oʻz kasbiy faoliyatiga mos kelmaydigan qilmishlar sodir etganligi uchun tugatilgan shaxs — uch yil mobaynida.

Notarius yordamchi, stajyor, shuningdek notarial faoliyatni tashkil etish bilan bogʻliq boshqa xodimlarga ega boʻlishi mumkin.

Notarial harakatlarni amalga oshirishda notariuslar, davlat notarial idorasida ishlashidan yoki xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar boʻlib ishlashidan qatʼi nazar, teng huquqlarga ega va bir xil majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi. Davlat notarial idoralari notariuslari va xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar tomonidan rasmiylashtirilgan hujjatlar bir xil yuridik kuchga ega boʻladi.

Davlat notarial idoralari notariuslariga maxsus unvonlar — mansab darajalari beriladi.

 

Qibray tuman adliya bo‘limi

YXKM boshlig‘i                                                                 Avlaqulov Sobir