Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Savol: Notarius litsenziyasini bekor qilish tartibi qanday?


Savol: Notarius litsenziyasini bekor qilish tartibi qanday?

 

Oʻzbekiston Respublikasining 26.12.1996-yildagi “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunning 154-moddasiga muvofiq, litsenziyani bekor qilish notariusning arizasiga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmasining qarori bilan, litsenziya soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda esa — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmasining arizasiga asosan maʼmuriy sudning qarori bilan amalga oshiriladi.

Litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, litsenziya berilgan sanadan eʼtiboran bekor qilingan deb hisoblanadi.

Litsenziyaning bekor qilinishi notariusning oʻz kasbiy faoliyatini bajarish chogʻidagi harakatlari gʻayrihuquqiy deb topilganligini anglatmaydi, bundan notarial harakatlarni sud tomonidan haqiqiy emas deb topish hollari mustasno.

 

Qibray tuman adliya bo‘limi

YXKM boshlig‘i                                                                 Avlaqulov Sobir