Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Savol: Umumta’lim maktablari xodimlari qaysi bayramlarda mukofot olishadi?


Savol: Umumta’lim maktablari xodimlari qaysi bayramlarda mukofot olishadi?

 

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qaroriga 1-ILOVA “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning direktor jamgʻarmasini tashkil etish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisida Nizom”da umumta’lim maktablarining pedagog xodimlari qaysi bayramlarda mukofot olishi mumkin ekanligi belgilangan. Jumladan, ushbu Nizomning 29-bandiga ko‘ra: Umumtaʼlim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbar xodimlari faqat “1-oktabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Jamgʻarmaning mavjud mablagʻlari hisobidan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 75 foizigacha miqdorida mukofotlanishi mumkin.

Bunda mukofotlash davrida mukofot miqdori Jamgʻarmani amaldagi moliyaviy holatidan kelib chiqib, uning mavjud mablagʻlari doirasida belgilanadi.

 

Qibray tuman adliya bo‘limi

YXKM boshlig‘i                                                                 Avlaqulov Sobir