Янгиликлар
Savol: qanday holatlarda umumiy o‘rta ta’lim maktablari xodimlari moddiy yordam olishlari mumkin?
Savol: qanday holatlarda umumiy o‘rta ta’lim maktablari xodimlari moddiy yordam olishlari mumkin?
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qaroriga 1-ILOVA “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning direktor jamgʻarmasini tashkil etish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisida Nizom”ning 33-bandiga ko‘ra: Umumtaʼlim muassasalari xodimlariga moddiy yordam xodimning oʻzi yoki yaqin qarindoshi (otasi, onasi, turmush oʻrtogʻi, farzandi) vafot etganda, ogʻir kasallikka chalinganda, xodim tabiiy ofatdan zarar koʻrganda koʻrsatiladi.
Bunda kalendar yili davomida bir xodimga toʻlanadigan moddiy yordamlarning jami miqdori uning lavozim maoshi (oʻqituvchining tarif stavkasi) miqdorining ikki barobaridan oshirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Qibray tuman adliya bo‘limi
YXKM boshlig‘i Avlaqulov Sobir