Янгиликлар
Savol: Litsenziya shartnomasi deganda nima tushuniladi?
Savol: Litsenziya shartnomasi deganda nima tushuniladi?
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1036-moddasiga muvofiq: Litsenziya shartnomasi bo‘yicha intellektual faoliyat natijasiga yoki xususiy alomatlarni aks ettiruvchi vositaga nisbatan mutlaq huquqqa ega bo‘lgan taraf (litsenziar) boshqa tarafga (litsenziatga) tegishli intellektual mulk obyektidan foydalanishga ruxsatnoma beradi.
Litsenziya shartnomasi beriladigan huquqlarni, foydalanish chegaralari va muddatlarini aniqlashi lozim.
Litsenziya shartnomasi pullik hisoblanadi.
Litsenziya shartnomasi litsenziatga quyidagilarni berishni nazarda tutishi mumkin:
intellektual mulk obyektidan, litsenziarning undan foydalanish huquqi va boshqa shaxslarga litsenziya berish huquqi saqlanib qolgan holda (oddiy nomutlaq litsenziya) foydalanish huquqini;
intellektual mulk obyektidan, litsenziarning undan foydalanish huquqi saqlanib qolgan holda, biroq boshqa shaxslarga litsenziyani berish huquqisiz (mutlaq litsenziya) foydalanish huquqini;
qonunda yo‘l qo‘yiladigan boshqa turdagi litsenziyalarni.
Agar litsenziya shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, litsenziya oddiy (nomutlaq) deb hisoblanadi.
Litsenziyani oluvchi tomonidan intellektual mulk obyektidan foydalanish huquqini boshqa shaxsga berish to‘g‘risidagi shartnoma sublitsenziya shartnomasi hisoblanadi. Litsenziyani oluvchi faqat litsenziya shartnomasida nazarda tutilgan hollarda sublitsenziya shartnomasi tuzishga haqli.
Qo‘shimcha litsenziatning harakatlari uchun, agar litsenziya shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, litsenziar oldida litsenziat javobgar bo‘ladi.
Qibray tuman adliya bo‘limi
YXKM boshlig‘i Avlaqulov Sobir