Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Sunʼiy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish STRATEGIYASI


Sunʼiy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish

STRATEGIYASI

Sunʼiy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasi (keyingi oʻrinlarda — Strategiya) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan toʻrtinchi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-132-son Farmoniga muvofiq, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarida sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, shu jumladan, huquqiy, texnologik va iqtisodiy asoslarni belgilash maqsadida ishlab chiqilgan.

Strategiya sunʼiy intellekt texnologiyalari rivojlanishining joriy holati va xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribalarini hisobga olgan holda mamlakatimizda sunʼiy intellektni keng qoʻllash, jadal rivojlantirish maqsadlari, vazifalari va ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi.

Shuningdek, Strategiyada sunʼiy intellekt texnologiyalari yordamida milliy manfaatlarni inobatga olgan holda strategik ustuvor yoʻnalishlarda loyihalarni amalga oshirish, oʻrta va uzoq muddatli, shu jumladan, ilmiy-texnikaviy rivojlanish sohasidagi vazifalar belgilab beriladi.

Strategiyada quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:

sunʼiy intellekt — insonning bilim va koʻnikmalariga taqlid qilish imkonini beruvchi (shu jumladan, mustaqil ravishda oʻrganish va yechimlarni izlash) hamda aniq vazifalarni bajarishda inson aqliy faoliyati natijalari bilan taqqoslanadigan natijalarni olish imkonini beradigan texnologik yechimlar majmui;

neyron tarmoq — mashinaviy oʻqitish usullaridan biri boʻlib, biologik organizmning neyron bogʻlamalarini tashkil etish va ularning ishlash tamoyiliga asoslangan matematik model, apparat-dasturiy taʼminot;

mashinaviy oʻqitish — namunalarni oʻrganish va tahlil qilish yordamida xulosa chiqaruvchi algoritmlarni oʻrganuvchi soha boʻlib, maʼlumotlardagi oʻzaro bogʻliqliklarni aniqlash hamda oʻrganishda jarayonlarni tadqiq qilish (neyron tarmoqlar va statistika) va boshqa usullardan foydalanish;

chuqur oʻrganish platformasi — sunʼiy neyron tarmoqlarini chuqur oʻrganish uchun moʻljallangan dasturiy va apparat vositalari majmui;

sunʼiy intellekt texnologiyasi — sunʼiy intellektdan foydalanishga asoslangan texnologiyalar, shu jumladan, intellektual videotahlil, nutqni tanib olish va sintezlash, qabul qilingan qarorlarni intellektual qoʻllab-quvvatlashning istiqbolli usullari;

“katta maʼlumotlar” — hajmi, xilma-xilligi, tezligi va (yoki) oʻzgaruvchanligi bilan ajralib turadigan, samarali saqlash, boshqarish va tahlil qilish uchun talab etiladigan keng maʼlumotlar toʻplami.