Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Normativ-huquqiy hujjatlarni tahlil qilish platformasi ishga tushiriladi


Normativ-huquqiy hujjatlarni tahlil qilish platformasi ishga tushiriladi

 

Farmonga ko'ra, 2025-yil 1-dekabrdan fuqarolar, advokatlar, yuristlar, sudyalar uchun normativ-huquqiy hujjatlarni tahlil qilish platformasi ishga tushiriladi.

2025-yil yakunigacha sud hujjatlarini avtomatik tayyorlash maxsus axborot dasturi yaratiladi.

1 yil davomida QQS to'lovchisi sifatida soliq organlarida hisobga qo'yish tartibini buzganlik uchun moliyaviy jarima qo'llanilmaydi.

2026-yil 1-yanvardan “my.sud.uz” interaktiv xizmatlar portalida fuqarolarga huquqiy yordam ko'rsatish modulini joriy etish, bunda sun'iy intellekt asosida ishlaydigan virtual maslahatchi yaratiladi, huquqiy murojaatlarga javob berish hamda sud ma'lumotlari avtomatik yetkaziladi.

2026-yil yakunigacha fuqarolarga odil sudlovga erishishda qulay imkoniyatlar yaratish maqsadida 5 ta yangi interaktiv xizmatlarni yo'lga qo'yish, shuningdek, sudning axborot tizimidagi “Shaxsiy kabinet” platformasining foydalanuvchilar uchun yanada qulay bo'lgan yangi versiyasi ishlab chiqiladi.

Bo’ka tumani adliya bo’limi

YXKM boshlig’i      

Niyozov Abdurasul