Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Ixtisoslashtirilgan sport maktablari faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi


Ixtisoslashtirilgan sport maktablari faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi

 

Hukumat qarori (524-son, 20.08.2025-y.) bilan “O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan sport maktablari to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizom Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi (Agentlik) tizimidagi ixtisoslashtirilgan sport maktablarining maqomi, asosiy vazifalari, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

✔ Nizomga ko'ra, sport maktablarida sport turlari bo'yicha 5 — 11-sinflarda ta'lim beriladi.

Gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga talab va takliflardan kelib chiqib, 7 — 11 yoshdagi o'quvchi-sportchilarni 1 — 4-sinflarga o'qishga qabul qilishga ruxsat etiladi.

Ta'lim jarayoni o'quvchi-sportchilar soni 12 - 24 nafargacha bo'lgan sinflarda tashkil etiladi.

O'quvchi-sportchilarning sport mahorati darajasini oshirish maqsadida qishki ta'tilda 15 kun, yozgi ta'tilda 45 kun, jami 60 kunlik o'quv-mashq yig'inlari o'tkaziladi.

Sport maktablarining 9-sinf bitiruvchilariga davlat namunasidagi shahodatnoma, 11-sinf bitiruvchilariga tegishli sport turlari bo'yicha diplom hamda trenerlik faoliyati bilan shug'ullanish uchun malaka sertifikati beriladi.

Bo’ka tumani adliya bo’limi

YXKM boshlig’i      

Niyozov Abdurasul