Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Tashabbusli byudjet jarayonlarida xalq vakillari va saylovchilar o'rtasida hamkorlik kuchaytiriladi


Tashabbusli byudjet jarayonlarida xalq vakillari va saylovchilar o'rtasida hamkorlik kuchaytiriladi

“Tashabbusli byudjet jarayonlarini takomillashtirish doirasida xalq vakillari va saylovchilar o'rtasida hamkorlikni kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–264-son, 29.08.2025 y.) qabul qilindi.

 Qarorga ko'ra, Qonunchilik palatasida tashabbusli byudjet jarayonlarini muvofiqlashtirish, loyihalarning amalga oshirilishi ustidan parlament nazoratini olib borish uchun 11 nafar deputatdan iborat parlament komissiyasi tashkil etiladi.

 2026-yil 1-yanvardan deputatlar har yili tashabbusli byudjet jarayonlarida tegishli saylov okruglarida g'olib bo'lmagan loyihalar orasidan aholining kundalik hayoti va hududni rivojlantirishga ta'sir qiladigan 2 ta loyihani (har mavsumda 1 tadan) “Ochiq byudjet” axborot portalida tanlaydi.

 Mazkur tanlov loyihani respublika byudjetidan moliyalashtirish uchun asos hisoblanadi.

 SHuningdek, mazkur jarayonlarda g'olib bo'lmagan loyihalarni moliyalashtirish uchun har bir deputatga 1 yilda 2 mavsumga BHMning 8 ming baravari miqdorida mablag' har yilgi respublika byudjetida nazarda tutiladi.

 2026-yil 1-fevraldan tashabbusli byudjet jarayonlarida ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni aholi va davlat o'rtasida sheriklik asosida moliyalashtirish amaliyoti joriy etiladi.

 Tashabbuskor aholi tomonidan loyihalar qiymatining 50 foizi ixtiyoriy ravishda moliyalashtirilganda loyihalar g'olib deb topiladi va qolgan 50 foizi respublika byudjetidan moliyalashtiriladi.

Bo’ka tumani adliya bo’limi

YXKM bosh yuriskonsulti

 Abdug’apparov Abbos