Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Suv xo'jaligi balanslarini tuzish tartibi belgilandi


Suv xo'jaligi balanslarini tuzish tartibi belgilandi

 

Hukumat qarori (545-son, 28.08.2025-y.) bilan “O'zbekiston Respublikasida suv xo'jaligi balanslarini tuzish tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizom O'zbekistonda suv xo'jaligi balanslarini tuzish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.

Suv xo'jaligi balanslari quyidagi turlarga ajratiladi:

▪️ daryolar havzalarining suv xo'jaligi balanslari;

▪️ irrigasiya tizimlari havzalarining suv xo'jaligi balanslari;

▪️ iqtisodiy mintaqalar (hududlar) suv xo'jaligi balanslari;

▪️ O'zbekiston Respublikasining yagona suv xo'jaligi balansi.

Suv xo'jaligi vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlar suv xo'jaligi balanslarini tuzish, uni amalga oshirish va muvofiqlashtirish bo'yicha maxsus vakolatli organ hisoblanadi.

Suv xo'jaligi balanslari suv resurslarining mavjud miqdori, suvga bo'lgan talab, suv resurslari taqsimoti, ularning taqchilligi yoki ortiqcha miqdorini ko'rsatadigan jadvallarda ishlab chiqiladi.

Suv xo'jaligi balanslarini tuzish bo'yicha ma'lumotlar elektron onlayn shaklda yuritiladi va ularning bazasi shakllantirib boriladi.

Bo’ka tumani adliya bo’limi

YXKM boshlig’i      

Niyozov Abdurasul