Янгиликлар
Korporativ etika bo'yicha komissiya tashkil etiladi
Korporativ etika bo'yicha komissiya tashkil etiladi
Qarorga ko'ra, Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish va hisobga qo'yishning avtomatlashtirilgan tizimida quyidagilar ta'minlanadi:
jamiyatlarda imtiyozli huquqni amalga oshirish bo'yicha boshqa ishtirokchilarni xabardor qilish, imtiyozli huquqdan foydalanish istagini bildirish, rad etishni elektron amalga oshirish imkoniyati yaratiladi;
“Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan integrasiya qilinadi.
Shuningdek, 2025-yil 1-noyabrdan Prezident huzuridagi Tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash bo'yicha jamoatchilik kengashi tarkibida Korporativ etika bo'yicha komissiya tashkil etiladi.
Quyidagilar komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilanadi, jumladan:
yuridik shaxslarga, xususan, xo'jalik jamiyatlariga korporativ etika masalalari bo'yicha tavsiyalar berib borish;
korporativ etikani buzishga oid nizolarni hal etish yuzasidan amaliy yordam ko'rsatib borish.
Bo’ka tumani adliya bo’limi
YXKM bosh yuriskonsulti
Jamolov Samandar