Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Nodavlat sud-ekspertiza instituti roli yanada oshiriladi


Nodavlat sud-ekspertiza instituti roli yanada oshiriladi

 

Qarorga ko'ra nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining ixtiyoriy a'zoligiga asoslangan O'zbekiston sud ekspertlari palatasi tashkil etiladi.

Nodavlat sud ekspertlarining kasbiy va amaliy tayyorgarlik darajasini aniqlash, ularning noqonuniy harakatlari bilan bog'liq holatlarning adolatli ko'rib chiqilishini ta'minlash uchun Adliya vazirligi huzurida Ekspert-malaka komissiyasi faoliyati yo'lga qo'yiladi.

2025-yil 1-noyabrdan ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishlar bo'yicha shartnoma asosida advokat so'roviga ko'ra sud-ekspertiza tashkilotlarida ekspertiza o'tkazish tartibi joriy etiladi.

2025-yil 1-dekabrdan nodavlat sud ekspertlariga yakka tartibda sud-ekspertlik byurosi shaklida faoliyat yuritish huquqi beriladi.

2025-yil 15-dekabrdan shaxslar uchun X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markaziga ekspertiza tadqiqotlari o'tkazish bo'yicha “Sud-ekspert” portali orqali onlayn murojaat qilish imkoniyati yaratiladi.

2026-yildan 1-yanvardan Respublika sud ekspertizasi markazi sud ekspertlari obyektlarni ko'zdan kechirish uchun joylarga chiqqanda majburiy ravishda mobil videokamera (bodikamera)lardan foydalanishi tartibi yo'lga qo'yiladi.

Bo’ka tumani adliya bo’limi

YXKM bosh yuriskonsulti

Abdug’apparov Abbos