Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Norma ijodkorligi faoliyatining samaradorlikka yo'naltirilgan yangi tartibi joriy etiladi


Norma ijodkorligi faoliyatining samaradorlikka yo'naltirilgan yangi tartibi joriy etiladi

 

“Islohotlarni huquqiy jihatdan ta'minlash samaradorligini oshirish hamda ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda vazirlik va idoralarning mas'uliyati va tashabbuskorligini kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF–161-son,08.09.2025-y.) qabul qilindi.

Farmonga ko'ra, vazirlik va idoralar, agar ularga qonun hujjatlari, Prezidentning farmon va qarorlari hamda Hukumat qarorlari bilan tegishli sohada davlat siyosatini amalga oshirish bo'yicha vakolatlar berilgan bo'lsa, idoraviy hujjatlar qabul qilishi mumkin.

Idoraviy hujjatlarni qabul qilish uchun yuqoriroq yuridik kuchga ega normativ-huquqiy hujjatlarda tegishli hujjatni qabul qilish vakolati aniq yozib qo'yilgan bo'lishi talab etilmaydi.

Idoraviy hujjatlarga, qonunchilikda belgilangan holatlardan tashqari, quyidagi qoidalarni kiritishga yo'l qo'yilmaydi:

shaxslarga yangi imtiyoz hamda javobgarlik choralarini belgilaydigan;

amaldagi tartib-taomillarni asossiz murakkablashtiradigan, fuqarolarning huquq va erkinliklarini cheklaydigan;

asoslanmagan qo'shimcha xarajat va to'lovlarni, yangi turdagi soliq va yig'imlarni, litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini joriy etadigan.

Bo’ka tumani adliya bo’limi

YXKM bosh yuriskonsulti

Jamolov Samandar