Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Idoraviy hujjatlarni qabul qilish muddatlariga oid qat'iy talablar o'rnatiladi


Idoraviy hujjatlarni qabul qilish muddatlariga oid qat'iy talablar o'rnatiladi

Farmonga ko'ra, idoraviy hujjatlarni qabul qilish, ularni huquqiy ekspertiza va davlat ro'yxatidan o'tkazish muddatlari bo'yicha quyidagi qat'iy talablar o'rnatiladi:

idoraviy hujjatlarni qabul qilish muddati, agar qonunlar, Prezident va Hukumatning hujjatlarida bundan ko'p muddat belgilanmagan bo'lsa, 2 oy etib belgilanadi;

idoraviy hujjat loyihasini jamoatchilik muhokamasidan o'tkazish muddati 10 kunni tashkil etadi, agar loyiha yuzasidan 5 kun ichida taklif kelib tushmasa, uni huquqiy ekspertizadan o'tkazish uchun Adliya vazirligiga kiritish mumkin bo'ladi;

idoraviy hujjatlarni Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertiza va davlat ro'yxatidan o'tkazish muddati 30 kundan 20 kunga, qo'shimcha o'rganishni talab qiladigan hujjatlar bo'yicha esa ko'rib chiqish muddatini uzaytirish 15 kundan 10 kunga qisqartiriladi;

belgilangan talablarga rioya qilmasdan kiritilgan idoraviy hujjatlarni Adliya vazirligi tomonidan davlat ro'yxatidan o'tkazishni rad etish muddati 30 kundan 15 kunga qisqartiriladi.

Bo’ka tumani adliya bo’limi

YXKM boshlig’i      

Niyozov Abdurasul