Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Idoraviy hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilishda ortiqcha tartib-taomillar bartaraf etiladi


Idoraviy hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilishda ortiqcha tartib-taomillar bartaraf etiladi

 

Farmonga ko'ra, Adliya vazirligi idoraviy hujjatlarni quyidagi hollarda qayta ishlash (tahrirlash) orqali davlat ro'yxatidan o'tkazadi:

O'zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi va qonunlariga, yuqoriroq yuridik kuchga ega bo'lgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiqlashtirish maqsadida;

qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqlashtirish zarurati tug'ilganda;

havola qiluvchi normalar qo'llanishining asosliligi va maqsadga muvofiqligi ta'minlanmaganda.

Adliya vazirligi vazirlik va idoralar tomonidan idoraviy hujjatlar o'z vaqtida ishlab chiqilishi, qabul qilinishi va davlat ro'yxatidan o'tkazilishini doimiy monitoring qilib boradi.

Shuningdek, idoraviy hujjatni u birinchi kelishilayotgan vazirlik va idora bilan kelishilgandan so'ng 30 kun ichida qabul qilish talabi bekor qilinadi.

Bundan tashqari, yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining talablariga muvofiqlashtirishga qaratilgan o'zgartirish va qo'shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi idoraviy hujjatlarni manfaatdor tashkilotlar bilan kelishmasdan huquqiy ekspertiza va davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun Adliya vazirligiga kiritishga ruxsat beriladi.

Bo’ka tumani adliya bo’limi

YXKM bosh yuriskonsulti

Tojiqulova   Nazokat