Янгиликлар
Davlat xizmatlari ko'rsatishda talab qilinadigan hujjatlar soni qisqartiriladi
Davlat xizmatlari ko'rsatishda talab qilinadigan hujjatlar soni qisqartiriladi
“Davlat xizmatlarini ko'rsatish tizimini takomillashtirish hamda sohada byurokratik tartibotlarni tubdan qisqartirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF–157-son, 08.09.2025-y.) qabul qilindi.
Farmonni qabul qilishdan ko'zlangan asosiy maqsadlar etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
2028-yilgacha YIDXP (my.gov.uz) va davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etiladigan xizmatlar sonini 900 taga yetkazish;
proaktiv davlat xizmatlari sonini 53 taga hamda kompozit davlat xizmatlarini 74 taga yetkazish.
Farmonga ko'ra, 2025-yil 1-dekabrdan idoralararo axborot almashinuvini yo'lga qo'yish orqali quyidagilar bekor qilinadi, jumladan:
nikohni rasmiylashtirishda FHDYO organlari tomonidan nikohlanuvchi shaxslardan tibbiy ko'rik natijalarini taqdim qilish talabi;
nikohdan sud qarori asosida ajratilganda nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini shakllantirish uchun FHDYO organlari tomonidan sud qarorining talab qilinishi;
avtomototransport vositasining ro'yxatdan o'tganlik guvohnomasida avtomototransport vositasi mulkdorining manzilini ko'rsatish talabi.
Bo’ka tumani adliya bo’limi
YXKM bosh yuriskonsulti
Abdug’apparov Abbos