Янгиликлар
YIDXPdagi shaxsga doir ma'lumotlar ularning qog'oz shakliga tenglashtiriladi
YIDXPdagi shaxsga doir ma'lumotlar ularning qog'oz shakliga tenglashtiriladi
Farmonga ko'ra2025-yil 1-noyabrdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (Yagona portal) jismoniy shaxslarning belgilangan shaxsga doir ma'lumotlari ularning shaxsiy kabineti orqali real vaqt rejimida taqdim etiladi. Bunda:
▪ jismoniy shaxsning Yagona portaldagi shaxsga doir ma'lumotlari ularning qog'oz shakliga tenglashtiriladi;
▪ ushbu ma'lumotlar Yagona portalning mobil ilovasidan foydalangan holda ko'rsatilganda davlat organlari va tashkilotlari tomonidan mazkur ma'lumotlarning qog'oz shaklini talab qilish taqiqlanadi.
Shuningdek, 2025-yil 1-noyabrdan:
davlat xizmatlari markazlariga kelib murojaat qilinganda pensioner, homilador ayollar va 3 yoshga to'lmagan bolasi bilan kelgan fuqaroga davlat xizmatlaridan navbatsiz foydalanish bo'yicha imtiyoz beriladi;
jismoniy shaxslarni yagona identifikasiya tizimidan (OneID) ro'yxatdan o'tkazishda muqobil tarzda shaxsni biometrik identifikasiya qilish (Face ID) tartibi yo'lga qo'yiladi;
davlat xizmatlari markazlariga Yagona portal orqali joriy etilgan barcha davlat xizmatlari bo'yicha aholi va tadbirkorlarga xizmat ko'rsatish huquqi beriladi.
Bo’ka tumani adliya bo’limi
YXKM bosh yuriskonsulti
Jamolov Samandar