Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Notariuslar faoliyatida ayrim o'zgarishlar joriy etiladi


Notariuslar faoliyatida ayrim o'zgarishlar joriy etiladi

 

Qarorga ko'ra, 2026-yil 1-apreldan davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash bo'yicha tanlov va xususiy notarial faoliyat bilan shug'ullanish huquqini berish bo'yicha malaka imtihoni o'rniga axborot texnologiyalaridan foydalanib, 2 bosqichli yagona tanlov tartibi joriy etiladi:

➖ 1-bosqichda talabgorlar davlat va jamiyat boshqaruvi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish, fuqarolik huquqi, notariat va vorislik huquqi sohalari bo'yicha test sinovlaridan o'tadi.

➖ 2-bosqichda test sinovlaridan muvaffaqiyatli o'tgan talabgorlar Oliy malaka komissiyasi tomonidan o'tkaziladigan amaliy imtihonda notarial harakatlarning loyihalarini maxsus elektron platformada tayyorlaydi va muammoli masalaga (kazusga) javob beradi.

Shuningdek, 2026-yil 1-apreldan:

xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notarius kasbiy faoliyatini uzrli sabablarga ko'ra bajara olmaganda, uning arizasiga asosan litsenziyasining amal qilish muddati to'xtatib turiladi;

notarius litsenziyasining amal qilishini to'xtatib turish yoki tugatishdan tashqari ogohlantirish va jarima ko'rinishidagi muqobil ta'sir choralarini qo'llash mexanizmi joriy etiladi;

notarial rasmiylashtirilgan barcha hujjatlar notariusning imzosi, muhri va/yoki QR kod (matrik shtrixli kod) bilan tasdiqlanadi.

Bo’ka tumani adliya bo’limi

YXKM bosh yuriskonsulti

Tojiqulova   Nazokat