Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Notarial xizmatlar ko'rsatishda ayrim talablar bekor qilinadi


Notarial xizmatlar ko'rsatishda ayrim talablar bekor qilinadi

 

Qarorga ko'ra, 2025-yil 1-dekabrdan respublikada notarial tasdiqlangan nikoh shartnomalari nusxasini “Notarius” axborot tizimi (Tizim) ga majburiy yuklash tartibini joriy etish orqali ularning aslini notariuslar tomonidan talab qilish bekor qilinadi.

Bunda notarial harakatlarni amalga oshirish jarayoni qayd etilgan audio va videoyozuvlar elektron qurilmalarda saqlanadi hamda ularni Tizimda to'g'ridan-to'g'ri notarial harakatga biriktirish va saqlash imkoniyati yaratiladi.

2026-yil 1-yanvardan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun notariusga O'zbekiston fuqarosining shaxsini tasdiqlovchi hujjatning aslini taqdim etish talabi bekor qilinadi.

Bunda fuqarolarning shaxsi ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjat rekvizitlari orqali axborot texnologiyalaridan foydalangan holda identifikasiya qilinadi hamda biometrik ma'lumotlar (barmoq izi va Face-ID) orqali verifikasiya qilinadi.

2026-yil 1-apreldan ko'chmas mulk va undagi ulushlar bilan bog'liq barcha bitimlar notarius tomonidan Tizim orqali davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun yuboriladi.

So'ng, ko'chmas mulk obyekti davlat ro'yxatidan o'tkazilganda uning yangi mulkdori haqidagi ma'lumotlar kommunal xizmatlar tashkilotlarining elektron axborot tizimlariga avtomatik tarzda yuboriladi va ma'lumotlar bazalarida yangilanadi.

Bo’ka tumani adliya bo’limi

YXKM bosh yuriskonsulti

Abdug’apparov Abbos