Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Huquqiy axborotni yetkazishda innovatsion yondashuvlar joriy etiladi


Huquqiy axborotni yetkazishda innovatsion yondashuvlar joriy etiladi

 

“Huquqiy axborotni proaktiv shaklda yetkazish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF–160-son, 08.09.2025-y.) qabul qilindi.

Farmonga ko'ra, quyidagilar sohani takomillashtirishning asosiy vazifalari etib belgilandi, jumladan:

huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirishda sun'iy intellektdan foydalanish orqali innovasion yondashuvlarni joriy etish;

aholining huquqiy axborotga bo'lgan haqiqiy talab va ehtiyojlarini o'rgangan holda huquqiy ma'lumotlarni manzilli va maqsadli yetkazish.

Farmonga ko'ra, Lex.uz asosida “proaktiv qonunchilik” tamoyili bilan huquqiy axborotni “aqlli targ'ibot” shaklida yetkazishning quyidagi tizimi joriy etiladi:

➖ Lex.uz Soliq organlarining elektron davlat xizmatlari portali va YIDXP (my.gov.uz) bilan integratsiya qilinadi;

➖ tadbirkorlar va o'zini o'zi band qilgan shaxslarning roziligiga asosan, soliq.uz tizimidagi shaxsiy kabinetiga ular faoliyatiga oid yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar yuboriladi;

➖ YIDXP (my.gov.uz) foydalanuvchilarning shaxsiy kabinetiga ularning roziligiga asosan kundalik hayotda qo'llash uchun zarur bo'lgan normativ-huquqiy hujjatlarning havolalari yuboriladi.

Bo’ka tumani adliya bo’limi

YXKM bosh yuriskonsulti

Jamolov Samandar